
Portugaliya terma jamoasiga yangi murabbiy keladi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya milliy terma jamoasining keyingi ustozi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda "HT Spor" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 62 yoshli portugaliyalik mutaxassis allaqachon milliy jamoa bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Mourinoning rasman tayinlanishi iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi yakuniy o‘yinlaridan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.
4 iyun kuni Roberto Martines rahbarligidagi Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi yarim finalida Germaniya bilan kuch sinashadi. Ikkinchi yarim finalda Ispaniya va Frantsiya to‘qnashadi. Turnirning final to‘qnashuvi 8 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar