Pogba “Manchester Yunayted”ga qaytadi

  • 17 noyabr, 2024, 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” taniqli yarim himoyachi Pol Pogba bilan amaldagi shartnomani bekor qilishini bildirdi. Turin superklubi 30 noyabr kuni 31 yoshli futbolchi bilan orani ochiq qiladi.

Tecno

Ma’lumki, Pogba doping iste’moli uchun 4 yilga futboldan chetlatilgan edi. Sport arbitraj sudi bu muddatni 18 yilga qisqartirdi.

Frantsiyalik yulduz yangi yil boshidan mashg‘ulotlarga kirishishi, mart oyidan maydonga tushishi mumkinligi belgilandi.

Endi Pogba sobiq jamoasi “Manchester Yunayted”ga borib, klubning Karringtondagi mashg‘ulotlar bazasida shug‘ullanib turadi. Manchesterliklar unga o‘ziga yangi jamoa topguncha mashg‘ulotlarda qatnashib, formasini tiklab olishiga yordam beradigan bo‘ldi.

Pogba “Manchester Yunayted”da 2016-2922 yillar davomida 233 ta uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta gol va 48 ta assist muallifi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
17/11/2024 21:43
18yilga qisqargani yaxshi bupti