Pogba bu ishni Angliyada birinchi bo‘lib amalga oshirdi

  • 22 avgust, 2021, 22:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining birinchi turida to‘rtta golli pas oshirib, “Manchester Yunayted” tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ygan Pol Pogba “Sautgempton”ga qarshi o‘yinda ham ajoyib natija qayd etdi.

Tecno

Frantsiyalik yarim himoyachi uchrashuvda jamoadoshi Meyson Grinvudga golli pas oshirdi. Shu tariqa, Pogba Angliyada dastlabki ikki turda jami beshta golga assistentlik qilgan birinchi futbolchiga aylandi. Ilgari  hech kim bunaqa natija qayd etmagan edi.

Shunga qaramay, “Sautgempton” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida chempionlik uchun kurashayotgan jamoadan bir ochko tortib oldi – 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!