Pirs Morgan Ronalduning golidan hayratda: "Agar u "Arsenal"da bo‘lganida, titullarni yutib yurardik"

  • 13 aprel, 13:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 27-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" – "Ar-Riyod" uchrashuvida portugaliyalik yulduz dubl qayd etdi. Hisob 2:1 bo‘lib, har ikkala golni ham Ronaldu urdi. Ayniqsa, ikkinchi gol muxlislar e’tiborini tortdi.

Taniqli britan jurnalisti va "Arsenal"ning ashaddiy muxlisi Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning navbatdagi ajoyib golidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Achinarlisi shundaki, "Arsenal" mening maslahatimga quloq solmadi. Krishtianu MYudan ketganida bizga o‘tishga tayyor edi. Agar o‘shanda uni olganimizda, ehtimol 3 marta chempion bo‘lgan bo‘lardik. U hozir ham dunyodagi eng yaxshi yakunlovchilardan biri" – deb yozdi Morgan o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!