Pirloning birinchi transferi “Barsa” futbolchisi bo‘ladi

  • 24 avgust, 2020, 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo o‘zi bilan birga o‘ynagan Arturo Vidalni  Turinga olib keladigan bo‘ldi.

Tecno

Bu ikki futbolchi 2011-2015 yillar davomida “Yuventus”da birga to‘p surgan va jami to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng, Pirlo “Nyu-York Siti”ga o‘tib ketgan bo‘lsa, Vidal “Bavariya” taklifini qabul qilgan.  Chililik futbolchi 2018 yilda “Barselona”ga o‘tdi.

Ayni paytda Arturo Vidal yangi bosh murabbiy Ronald Kuman rejasiga kiritilmadi va jamoani tark etadigan futbolchilar qatoriga qo‘shib qo‘yildi. 33 yoshli futbolchi do‘stining yoniga qaytishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!