Pike "Real" libosini kiyish borasida: Yo‘q, bunga allergiyam bor

  • 10 oktabr, 2019, 00:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya TVsida naoyish etilgan shouda ishtirok etdi. Bu tennis bo‘yicha Devis Kubogi haqidagi ko‘rsatuv edi.

Tecno

Suhbat davomida, 32 yoshli futbolchi "Nutella" shokolad pastasini hush ko‘rishini va tennis muxlisi hisoblanuvchi "Betis" sardori Xoakin Sanchesdan ko‘ra, tennisni yaxshiroq o‘ynashini aytib berdi.

Shu qatorda, Pikega "Real" libosini kiyib ko‘rganmisiz degan savol bilan ham murojaat qilishdi.

"Yo‘q, bunga allergiyam bor," - deb hazilomuz javob berdi Pike.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!