PFLga yangi rahbar tayinlandi (foto)

  • 17 iyun, 2019, 21:38
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan Ravshan Ermatov, Avaz Maksumov, Shoakram Isroilov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Tecno

1560787951

Yig‘ilishda bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Omon G‘ofurovning tashkilot rahbarligidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganidan so‘ng Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlash masalasi ko‘rildi.

O‘zPFL Ustaviga ko‘ra, O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tashkilot bosh direktorini tasdiqlashi lozim. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL bosh direktori lavozimiga futbol sohasida uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borib tajriba to‘plagan Davron Gayratovich Shakurbanov nomzodi tavsiya etildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘FA vitse-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ravshan Ermatov Professional futbol ligasining milliy futbolimizdagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanini ta’kidlab, O‘zPFLning oldingi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ushbu mas’uliyatli davrda ish boshlayotgan yangi rahbarga omad tiladi. O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi qaroriga qadar Davron Shakurbanov O‘zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Davron Shakurbanov 1972 yil tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy.  Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent shahar futbol federatsiyasida mas’ul kotib, shuningdek, “Bunyodkor” klubida texnik va sport direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Ilhomjon
17/06/2019 23:52
бу брат судья бўлганку, адашмасам келишилган ўйинда иштирок этган ,менимча нотўғри қарор бўлибди бу постга нолойиқ ,ёш шижоатли тилни биладиган ватанпарвар йигитлардан қўйиш керак эди .
&
Ramzis ll
18/06/2019 14:28
Fikrimdan xafa bo'lmanglaru futbolimiz hakamlar qo'lida qolipti, ish qilib oxiri baxayr bo'lsin, hakamlar xatosiga ko'z yumilavermasinda, qarg'a qarg'ani ko'zini cho'qimaydi deyishgan. Kecha futbol sharxida AGMKA darvozasiga belgilanmagan penalti haqida gap ham bo'lmadi, sport tv buni berkitdi.
&
ахмад49
18/06/2019 14:13
Давронжон ким нима деса деяверсин Сиз ишингизни билинг,бизга халол уйин халол хакамчилик керак,Шерзод Косимов,Азиз Асимовга ухшаган нохолис хакамлар керак эмас.
Ilhomjon Ilhomjon
17/06/2019 23:54
Миржалол айтгандек УФА га янги қон қуйиш керак
&
Surxon turon
17/06/2019 22:34
Буни омандан баттар татализатирчи дийишаяптию 2007йил келшлган ӯйнларда айблашиб хайдашган екан хакамлар макони
&
Surxon turon
17/06/2019 22:33
Буни омандан баттар татализатирчи дийишаяптию 2007йил келшлган ӯйнларда айблашиб хайдашган екан