
Petrov kubogi. "Humo" liganing eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynaydi, buning sababi nimada?
Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" jamoasi Neftekamskning "Toros" klubini seriyada 4:3 hisobida enggan holda 1/4 final yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. Quyida mazkur bosqichga chiqqan barcha jamoalar bilan tanishasiz:
- "Zvezda" (Moskva)
- "Dinamo" (Sankt-Peterburg)
- "SKA-Neva" (Sankt-Peterburg)
- "Rubin" (Tyumen)
- "Yugra" (Xanti-Mansiysk)
- "Bars" (Qozon)
- "Neftyanik" (Almetevsk)
- "Xumo" (Toshkent)
Musobaqa reglamentiga asosan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 8 jamoa muntazam chempionatda qayd etgan (konferentsiya va divizionidan qat’iy nazar) natijasiga ko‘ra raqamlab chiqildi.
Shu bois "qanotlilar" 8-raqam ostida tartiblandi va muntazam chempionatda 1-o‘rinni egallagan "Zvezda"ga qarshi bahs olib borishi aniq bo‘ldi.
Dastlabki ikki bellashuv 12 va 13 mart kunlari Moskvada bo‘lib o‘tsa, 15 va 16 mart kunlari Toshkentda o‘tkaziladi. Yaxshi bilasiz, Petrov kubogi pley-off bosqichida bellashuvlar 4 ta g‘alabaga qadar davom etadi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda 19, 22 va 25 mart kunlari ham muxlislar "Zvezda" va "Humo" o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.
Chorak final juftliklari:
1. "Zvezda" (Moskva) — 8. "Xumo" (Toshkent)
3. "SKA-Neva" (Sankt-Peterburg) — 6. "Bars" (Qozon)
2. "Dinamo» (Sankt-Peterburg) — 7. "Neftyanik" (Almetevsk)
4. "Rubin" (Tyumen) — 5. "Yugra" (Xanti-Mansiysk)
Fikrlar