
Petrov kubogi. "Humo" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Toshkentning "Humo" jamoasi 1/8 final bosqichi doirasida "Toros" klubiga qarshi safarda bahs olib bordi. Uchrashuv davomida ikki bor hisobda oldinga chiqib olganiga qaramasdan "qanotlilar" overtaymdagi gol tufayli 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Shu tariqa, seriyadagi hisob 0:2 ko‘rinishiga keldi.
Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqich o‘yinlari 4 ta g‘alabaga qadar davom etadi. 26 fevral kuni "Humo-Arena"da uchinchi qarama-qarshilik bo‘lib o‘tadi.
0:1 — Grigorenko Evgeniy (Voronin Artyom, Sorokin Vsevolod), 3:07
1:1 — Abdeev Ildar (Amirov Rodion, Kuzmin Gleb), 41:25
1:2 — Sinyavskiy Pavel (Tatalin Roman, Popov Platon), 48:33
2:2 — Dubrovskiy Egor (Bannikov Andrey, Pimenov Artyom), 49:56
3:2 — Pimenov Artyom (Soxatskiy Vladimir, Pustozyorov Aleksey), 63:08
Darvozabonlar: Soxatskiy Vladimir - Lozebnikov Dmitriy
Zarbalar: 47-28
Aniq zarbalar: 28-20
Fikrlar