Peres “Real”ga superto‘purar olib kelmoqchi

  • 15 sentabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli”ning Italiya chempioni bo‘lishiga o‘z gollari bilan katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxen “Real” nishoniga tushdi.

Tecno

“Qirollik klubi” kelasi yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Klub prezidenti Florentino Peres nigeriyalik to‘purarni olib kelishni maqsad qilgan.

Joriy mavsum madridliklar Osimxenning o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatadi. Hozirgacha, 24 yoshli forvard o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.

Viktor Neapol klubiga kelganidan buyon 104 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 62 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 14 ta golli pas uzatgan.

“Napoli” o‘z etakchisi uchun kamida 100 million evro talab qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!