Pedrining ishtahasi karnay

  • 21 iyul, 2022, 11:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri mavsum oldi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kecha “ko‘k-anorranglilar” AQShdagi turne doirasida “Inter Mayami”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

“Yangi transferlar o‘yinimizni yanada qiziqarli qiladi. Men yangi mavsumni ishtiyoq bilan kutmoqdaman. O‘ylaymanki, yangi futbolchilar tezda jamoaga moslashib ketadi va sovrinlar uchun asosiy dav’ogarlar qatorida bo‘lamiz”, - deya Pedrining so‘zlarini keltiradi “Marca”.

Pedri o‘tgan mavsum kataloniyaliklarning barcha turnirlar doirasidagi 21 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!