Pedri La Ligada to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha rekordchiga aylandi

  • 20 aprel, 13:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri joriy mavsumda yana bir rekordni o‘rnatdi.

La Liganing 32-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi bahsda (4:3) u raqibdan to‘pni 17 marta qaytarib oldi. Bu natija mavsumning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Shuningdek, Pedri joriy mavsum ikki o‘yinda to‘pni kamida 15 marta jamoaga qaytargan yagona futbolchi bo‘lib turibdi.

Umumiy hisobda ham Pedri peshqadam — mavsum davomida u raqibdan to‘pni 209 marta olib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!