
“Paxtakor”ning sobiq yulduzi “Bayer”ga transferi qanday barbod bo‘lganini aytib berdi
Valeriy Kechinov “Paxtakor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lganidan keyin Rossiyaga yo‘l olib, “Spartak” safiga qo‘shildi.
Moskvaliklar safida bir necha marotaba mamlakat chempioni bo‘lgan Kechinov keyinchalik Rossiya terma jamoasida ham o‘ynagan.
Bu futbolchi 1998 yili “Bayer”ga o‘tishga yaqin kelganini aytib berdi.
Uning gaplariga ko‘ra, “Bayer” safiga qo‘shilishiga jarohat to‘sqinlik qilgan. Biroq, leverkuzenliklarning bosh murabbiyi Kristof Daum Kechinovga jamoaning 8-raqam tushirilgan futbolkasini sovg‘a qilgan. Valeriy hamon bu futbolkani saqlab keladi.
- UEFA kubogidagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin menda Leverkuzenning “Bayer” jamoasiga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan edi. Ko‘p jamoadoshlarimga xorijdan taklif bo‘ldi, hammasi qolishni istadi.
“Inter” bilan o‘yindan keyin men o‘zimni Leverkuzenda ko‘rdim. Jamoada emas, operatsiya stolida.
Jarrohlik amaliyotidan keyin palataga Kristof Daum keldi. Murabbiy shu jarohat bo‘lmaganida klub meni transfer qilgan bo‘lishini aytdi. Shundan so‘ng, “Bayer” futbolkasini taqdim qildi, - deb eslaydi Valeriy Kechinov.
Valeriy Kechinov 1992-1993 yillar davomida “Paxtakor” sharafini himoya qilib, jami 38 ta uchrashuvda 30 ta gol urgan. O‘zbekiston chempioni va milliy chempionatimizning birinchi to‘purari bo‘lgan.
1993 yili Moskvaning “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tdi va 2000 yilgacha Rossiyaning eng mashhur ushbu klubida etakchi o‘yinchilardan bo‘ldi. Rossiyalik mutaxassislar va muxlislar Kechinovni texnikasi eng kuchli o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etadi.
1995 yili Valeriyning goli mavsumda eng chiroylisi, deb topilgan.
Asli o‘zbekistonlik futbolchi “Spartak”da jami 157 ta uchrashuv o‘tkazib, 44 ta gol va 10 ta assist qayd etgan. Olti karra Rossiya chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan.
Professional futbolchilik faoliyatida “Saturn” jamoasida 36 ta uchrashuvda 13 ta, “Shinnik” klubida 42 ta uchrashuvda ettita to‘p kiritgan.
Rossiya milliy terma jamoasida olti marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba aniq nishonga olgan.
Valeriy Kechinov 2004 yilda mashhur futbolchi Aleksandr Shirko bilan avtohalokatga uchraganidan keyin faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri keldi.
Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?
Shomurodov qaysi jamoani tanlaydi?
Shomurodovning vazifasi boshqa futbolchiga yuklandi!
Abduxoliqov yangi asrning eng zo‘r legioner to‘purari bo‘lishi kutilmoqda!
Shomurodov ketadi(mi?)...
Fikrlar