
"Paxtakor"ning bugungi o‘yinini kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Superligasi amaldagi chempioni "Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
"Eyr-Fors" klubiga qarshi o‘yin vakillarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, ushbu bahsdagi g‘alaba orqali "sherlar" guruh peshqadami bo‘lib olishi mumkin. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Uni taniqlik sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi.
"Paxtakor" klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida Iroqning "Eyr-Fors" klubi bilan uchrashadi. Bundan 2 yil avval, 2019 yilda ushbu jamoalar pley-offda o‘zaro o‘ynagan va "Paxtakor" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘sha uchrashuv boshqa tomoni bilan esda qolgan.
Ikkinchi bo‘lim davomida "Paxtakor" stadionidagi chimni sug‘orish tizimi ishlab ketgan. Nozoslikni bartaraf etish va suvni to‘xtatish uchun ancha vaqt ketgan. Natijada, hakam o‘yinga 24 daqiqa (!) qo‘shib bergan.
Endigi uchrashuv Sharjada bo‘lib o‘tadi. Birinchi turda yutqazgan "Eyr-Fors" ya’ni, havo kuchlari jamoasi endi yugurib emas, uchib o‘ynashi tabiiy. Ularning parvozini to‘xtatib, 3 ochko olishga o‘ylaymanki, "Paxtakor"ning imkoni etadi. Ikki yil avvalgi sug‘orish ishlari bugun meva berishini kutamiz",-deya izoh qoldirdi Fayziev.
Fikrlar