"Paxtakor" mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan Sardor Rashidov jamoa bilan shartnoma tuzadimi? Klub xodimi javob berdi

  • 12 fevral, 2021, 15:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, "Paxtakor" jamoasining Qibraydagi yig‘inlarida Sardor Rashidovning ham ishtirok etayotganini xabar qilgandik. Klub matbuot xizmati rahbari Behzod Nazarovga bu borada savol berganimizda quyidagicha javob oldik:

Tecno

"Sardor Rashidov ayni paytda jamoamizda mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgani rost. U ko‘rikda bo‘lib turibdi. Shartnoma masalalari kelishilgan taqdirda, u bilan shartnoma imzolanadi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi", - deb aytdi Behzod Nazarov. 

Voqealar rivojini saytimizda kuzatib borishda davom eting. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!