
"Paxtakor" bo‘lajak raqibiga o‘z maydonida umuman yutqazmagan
Sherlar" Superliga 17-turida "Metallurg" bilan "Paxtakor" stadionida bellashadi.
Chempionatlar doirasida klublar 53 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 45 bellashuvda zafar quchishgan, 4 o‘yinda "Metallurg" g‘olib chiqqan. 4 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 140 gol urib, o‘z darvozasidan 39 to‘p olib chiqqan.
Toshkentdagi o‘yinlarning 24 tasida “Sherlar” ustun kelishgan. 2 uchrashuvda durang kuzatilgan. “Paxtakor” jamoasi uydagi bahslarda "Metallurg"ga umuman mag‘lub bo‘lmagan.
Oxirgi 15 o‘yinning barchasida "Paxtakor" ushbu raqibdan ustun kelgan. So‘nggi marta Bekobod jamoasi 2016 yilgi mavsumda o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan.
O‘zaro bahslarda eng yirik g‘alaba - 6:0 natijasi "Paxtakor"ga tegishli. 2003 va 2006 yillarda "Sherlar" raqibni shunday natijalar bilan dog‘da qoldirishgan. Yirik g‘alabalar soni jami 17 tani tashkil qiladi.
Bellashuvni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q.
"Paxtakor" va "Metallurg" o‘rtasidagi uchrashuv 19 avgust, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 19:00da boshlanadi.
“Paxtakor” matbuot xizmati.
Fikrlar