"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar ko‘rib chiqiladi

  • 17 mart, 2023, 21:51
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganig 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.

Tecno

Namanganliklarning yagona goli Temurxo‘ja Abduxoliqov nomiga qayd etildi. Mezbonlarning ikki golini Farrux Sayfiev va Dragan Cheran kiritdi. Shuningdek, Yovan Jokich uchrashuvda penaltidan unumli foydalana olmadi.

O‘yinda bir qator bahsli vaziyatlar vujudga keldi. Jumladan, belgilangan ikki penalti ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 

Qayd etilishicha, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvidagi bahsli vaziyatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

                                                                                                                              Manba: UzFHM 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
17/03/2023 23:36
Хакамлар своличи 3та уйин 4та пенальти шунака узбекча хакамлик
&
Neftchi
17/03/2023 21:58
Navbahorga sal yon bosib qoydida hakamlar yo Babayandan hayiqdimi
Жабборов Ахмаджон
18/03/2023 07:44
Кўриб чиқани билан бефойда. Ҳеч нарса ўзгармайди.