Parker: "Joshua bilan jang qilishni xohlayman, lekin ..."

  • 21 iyun, 2024, 16:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker Entoni Joshua(28-3, 25 KO)ning sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan navbatdagi jangida Daniel Dyubua(21-2, 20 KO)ning raqiblik qilish imkoniyatini yuqori baholadi. 

Tecno

 "Eddi Xirn men va Joshua ikkimizning ehtimoliy jangimiz haqida gapirganini bilaman, lekin hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Men Joshua bilan jang qilishni juda xohlayman. Shuningdek, boshqa barcha bokschilar ham bunday imkoniyatni xohlashadi. Joshua hali ham kuchli zarbaga ega. Buni Frensis Ngannu va Otto Uollinga qarshi janglarda guvohi bo‘ldik. Lekin xozirda, menimcha, Daniel Dyubua uning raqibi bo‘ladi”, – dedi Parker You Tube dagi Seconds Out kanaliga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!