
"Parij-2024". O‘zbekiston - Ispaniya: Taxminiy tarkiblar bilan tanishing!
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Frantsiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tuvchi 33-yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z yurishini boshlaydi. Unda vakillarimizga Ispaniya raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi.
Olimpiada O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yin bilan start oladi. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tsada, bir qancha sport turlaridagi bellashuvlarga bugun start beriladi. O‘zbekistonga guruhda Ispaniyadan tashqari Misr va Dominikan Respublikasi ham raqiblik qiladi.
Bugungi uchrashuv uchun taxminiy tarkiblar bilan tanishing!
O‘zbekiston:
Ne’matov; Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abduqodir Husanov, Husniddin Aliqulov, Zafarmurod Abdirahmatov; Abdurauf Bo‘riev, Diyor Xolmatov, Jasur Jaloliddinov; Abbosbek Fayzullaev, Oston O‘runov, Eldor Shomurodov.
Ispaniya:
Arnau Tenas, Pau Kubarsi, Erik Garsiya, Migel Gutierrez, Xuan Miranda; Fermin Lopes, Aleks Baena, Pablo Barrios, Diego Lopez; Samu Omorodion, Abel Ruis
Fikrlar