"Parij-2024" dasturiga yangi yo‘nalishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda

  • 7 iyul, 2020, 14:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar ushbu Olimpiya o‘yinlariga suv sporti turlarining bir qator yo‘nalishlarini ham qo‘shish niyatida. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu borada suzish bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda 50 metr masofaga kechadigan dasturlar va xay-dayving yo‘nalishlarini Olimpiadaga kiritish ustida bahs olib borilmoqda. Suzish bo‘yicha deyarli barcha yo‘nalishlar, ayniqsa, qisqa masofaga kechadigan dasturlar doimo muxlislarning e’tiborini tortib kelgan. Taxminlar 50 metrga kechadigan bahslar ham tomoshabop o‘tishini ko‘rsatmoqda.

Qolaversa, jahon sportiga kirib kelganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan xay-dayving ham qisqa vaqt ichida katta shuhrat qozondi. 2013 yildan FINA bayrog‘i ostida jahon chempionati dasturlariga kiritilgan mazkur yo‘nalish reyting bo‘yicha bir qator Olimpiya o‘yinlari dasturidan ilgarilab ketgan. Reglamentga ko‘ra, bunda erkaklar 27, ayollar 20 metr balandlikdan suvga sakrashadi.

Ma’lumot uchun, yozgi Olimpiya o‘yinlari ichida suv sporti turlari bo‘yicha eng ko‘p medallar shodasi o‘ynaladi. Mazkur yo‘nalishda sinxron suzish va suv polosida 2 tadan, suvga sakrashda 8 ta va suzish bahslarida 37 ta jami 49 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Agar yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar Olimpiada dasturiga kiritilsa, bu borada engil atletika (48), velosiped sporti (22) va gimnastika (18) kabi sport turlarini ancha ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!