
"Panserraikos" kambek qildi. Masharipovdan bitta assist!
Gretsiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan "Panserraikos" - OFI uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Riera hisobni ochgan bo‘lsa, 24-daqiqada Zisis imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Uning goliga Masharipov assist amalga oshirdi. Shundan so‘ng 88-daqiqada Murgos g‘alaba golini urdi. Masharipov esa 76-daqiqada jarohat olganligi sabab almashtirildi.
Shu tariqa, "Panserraikos" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi
Fikrlar