O‘ZBEKISTONNING ENG YaXShI FITNES ZALI ANIQLANDI

  • 29 iyun, 20:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

28 iyun kuni Toshkentda ilk bor fitnes klublar o‘rtasidagi xalqaro chempionatning milliy final bosqichi – "Red Bull Gym Clash" bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning etakchi zallari o‘zining to‘rt nafar sportchidan iborat jamoalarini taqdim etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, chempionlikni "Savage Sports Club" jamoasi qo‘lga kiritdi va ushbu jamoa kuzda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan jahon finalida O‘zbekistonni himoya qiladi.

Tecno

"Red Bull Gym Clash" – dunyoning eng yaxshi sport zali unvoni uchun yangi va noyob musobaqa. Har bir ishtirokchi fitnes-markaz 4 nafar sportchidan iborat (2 erkak va 2 ayol) jamoani yo‘llaydi. Jamoalarning vazifasi – mashhur xalqaro sportchilar tomonidan ishlab chiqilgan mashqlar majmuasini bajarishdir. Har bir mashq ularning chidamliligi, mahorati, jamoaviy ishlashi va kuchini sinovdan o‘tkazadi. Milliy finalda eng yaxshi natijani ko‘rsatgan jamoa mamlakatni xalqaro maydonda himoya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

O‘zbekistondagi loyiha bosqichlari 

8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan milliy saralash bosqichi yakuniga ko‘ra, mamlakatning eng kuchli uchta jamoasi final bosqichiga yo‘l oldi: Sports Complex Yunusobod, Buka Gym va Savage Sports Club.

Milliy finalda jamoalar ikki blokka bo‘lingan murakkab mashqlar majmuasini bajarishlari kerak bo‘ldi: A-blok – kuch bo‘yicha, B-blok – sinxronlik, chidamlilik va jamoaviy ish bo‘yicha. Eng yaxshi natijani "Savage Sports Club" jamoasi ko‘rsatdi va B-blokning final bosqichida raqiblarini ortda qoldirib g‘alaba qozondi: “Red Bull Gym Clash" jahon finali shu kuzda Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan 17 davlatning jamoalari ishtirok etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!