BEPUL PROPAN

Futbolda darvozabonlarning o‘rni katta! Bejizga "darvozabon yarim jamoa" deyilmaydi.

Futbolchilarning xatolarini ortidan to‘g‘irlashning imkoni bo‘ladi, ammo darvozabon xatoga yo‘l qo‘ysa, katta ehtimol bilan butun jamoaning o‘yiniga salbiy ta’sir qiladi. Mamlakatimizda bir qator kuchli darvozabonlar bo‘lgan va hozir ham kelajagi porloq bo‘lgan bir qator darvoza qo‘riqchilari etishib chiqmoqda. Shundan kelib chiqib, Transfermarkt.de saytining ma’lumotlariga tayangan holda, O‘zbekistonning eng qimmat bo‘lgan top-10 darvozabonlari ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Bu borada, terma jamoamizning asosiy tarkibida maydonga tushayotgan, "Paxtakor" darvozaboni Eldor Suyunov hamda Toshkent klubining yana bir posboni Sanjar Quvvatov etakchi hisoblanishadi. Har ikkala darvozabonning transfer narxi 700 ming evroni tashkil etadi.

8421581341413

Bu, eng qimmat bo‘lgan barcha o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 22-o‘rinni egallab turish uchun sabab bo‘layapti. Butun jahon darvozabonlari orasida esa, Suyunov hamda Quvvatov 581-pog‘onani qayd etishmoqda.

Sanjar Kuvvatov

Bir xil transfer narxga ega bo‘lib turgan ikki darvozabonimizdan so‘ng, uchinchi o‘rinni 500 ming evro bilan "Lokomotiv" a’zosi Javohir Ilyosov egallab turipti. Bu borada, "temiryo‘lchilarning" eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida ettinchi bo‘lib turgan Ilyosov mamlakatimizning 38-raqamli futbolchisi sanaladi. 1994 yili tavallud topgan darvozabon jahonning eng qimmat posbonlari ro‘yxatida 765-pog‘onadan joy olgan.

ilyosov yangisi

Tovon puli bilan o‘lchaganda, "Surxon" klubi vakili Asilbek Omonov va "Navbahor" a’zosi O‘tkir Yusupov O‘zbekistonning to‘rttinchi raqamli darvozaboni hisoblanadi. Ularning transfer narxi 400 ming evro! Superliganing eng qimmat futbolchilari orasida 51-o‘rinda qayd etilgan har ikki darvozabon O‘zbekistonda 53-bo‘lib turipti. Butun dunyo darvozabonlari orasida esa Omonov hamda Yusupovni 1021-o‘rindan topish mumkin.

5481584337091

To‘rttinchi o‘rinda bir-yo‘la ikkita darvoza qo‘rg‘onlari qayd etilgani uchun, navbat beshinchi emas, balki oltinchi o‘ringa beriladi. Ushbu pog‘onadan ham transfer narxi bir xil bo‘lgan ikki darvozabon joy olgan. Bular, "Bunyodkor"ga tegishli bo‘lgan Abdumavlon Abdujalilov va "Qo‘qon-1912" darvozasini himoya qilayotgan Botirali Ergashevdur! Darvoza dahlsizligini saqlash uchun maydonga tushadigan Abdujalilov hamda Ergashevning transfer narxi 350 ming evro qilib belgilangan. Superligada ham, o‘zbekistonliklar orasida ham 72-o‘rinda qayd etilgan ikki darvozabon jahonning eng qimmat darvozabonlari ichida 1215-bo‘lib turishipti.

2271560608482_1

Yuqorida qayd etilgan ettita darvozabondan keyin, "Nasaf" posboni Abduvohid Ne’matov 325 ming evrolik narxi bilan sakkizinchi pog‘onadan o‘rin egallagan. 18 yoshli iste’dod egasi transfer narxi bo‘yicha "Nasaf"ning 8, O‘zbekistonning 90, Superliganing 91-o‘rnini egallab turgan bo‘lsa, sayyoramizning barcha darvozabonlari ichida 1318-pog‘onada qayd etilgan. Agarda Ne’matov o‘sishda davom etsa, so‘zsiz uning kelajagi porloq va yanada o‘sib borish imkoniyati yuqori!

7571579705564

Ro‘yxatimizda 9-bo‘lib, "Metallurg" darvozaboni Aleksandr Lobanov joy oldi. Lobanov 34 yoshni qarshi olgan bo‘lsada, top-10dan joy oldi. Bekobod klubining asosiy darvozaboni o‘zbekistonlik barcha futbolchilar orasida 92-bo‘lsa, butun jahon darvozabonlari ichida 1332-pog‘onada qayd etilgan.

Lobanov

"Nasaf"ning yana bir yosh darvozaboni Umid Ergashev hamda "Mash’al"ning 23 yoshli vakili Rahimjon Davronov top-10ning eng so‘nggi o‘rniga ilinib olishdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, eng yaxshilar qatorida e’tirof etilayotgan darvoza qo‘riqchilarining transfer narxlari 250 ming evrodandur! Davronov "Mash’al"ning eng qimmat futbolchisi ekanligini ham alohida ta’kidlash joiz. Ikkala darvozabon ham mamlakatimizning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida 109-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, jahon futbolidagi eng qimmat darvozabonlar ichida 1680-bo‘lib turishipti.

 

Quyida eng qimmat bo‘lgan 10 ta darvozabonning ro‘yxati qulay ko‘rinishda keltirilgan:

1. Eldor Suyunov ("Paxtakor") - 700 ming evro.

1. Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") - 700 ming evro.

3. Javohir Ilyosov ("Lokomotiv") - 500 ming evro.

4. Asilbek Omonov ("Surxon") - 400 ming evro.

4. O‘tkir Yusupov ("Navbahor") - 400 ming evro.

6. Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor") - 350 ming evro.

6. Botirali Ergashev ("Qo‘qon-1912") - 350 ming evro.

8. Abduvohid Ne’matov ("Nasaf") - 325 ming evro.

9. Aleksandr Lobanov ("Metallurg") - 300 ming evro.

10. Umidjon Ergashev ("Nasaf") - 250 ming evro.

10. Rahimjon Davronov ("Mash’al") - 250 ming evro.

Top-10 ro‘yxatidan chetda qolgan va keyingi pog‘onalarni egallab turgan darvozabonlarimizga e’tibor qaratsak, Islom Abdullaev ("Andijon", 225 ming evro), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv", 200 ming evro), Muzaffar Abdullaev ("Qo‘qon-1912", 200 ming evro), Zafar Safoev ("Buxoro", 200 ming evro), Suhrob Sultonov (AGMK, 200 ming evro), Murod Zuhurov ("Bunyodkor", 150 ming evro), Akbar To‘raev ("Surxon", 150 ming evro) va Nizomiddin Ziyovutdinov (AGMK, 150 ming evro) nomlarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
НАЙДЁТСЯ ВСЁ!
16/03/2020 20:34
Элдорингам Санжарингам Уткирни олдида дамини олади.узларинча рейтинг класанлаю сифатида клаётган сейвларига караларинг.улариндан карт бусаям нестерев яхширо.Уткир Юсуповга етомиди ушанчунам Сал Кам 600 урин пасда юради.
SHAXBOZ Bekmurodov
17/03/2020 00:05
Boshidagi ikki darvazabon ham Nematovham kerak bo‘lsa boshqasiyam NASAFdan chiqqan.
Farruhbek Mamarazikow
16/03/2020 22:22
Бир бор экан бор йок экан Озбекистонда хам дарвозабон деганоари бор экан тугади
&
GENTLEMAN
16/03/2020 22:19
Nasaf futbol maktabi darvozabonlarni ham yaxshi yetishtiradi.
&
Isanbaevjavlon566@gmail.com
17/03/2020 17:31
Labanovga nima bor bu herda
&
Isanbaevjavlon566@gmail.com
17/03/2020 17:30
Eng zuri Utkir
&
Дилмурод
17/03/2020 13:37
Энг энг энг яхши дарвазобон Лабанов 1000000$ ???.
Nuriddin Uktamov
17/03/2020 07:34
Yusupov hozir eng zo‘ri
&
О_бек
16/03/2020 21:38
Де Хеани қўлқопи 900минг$????‍♂️