
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida
Shu yilning, 19-29 mart kunlari Serbiyaning Vrnyachka Banya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi shaxmatchilari ham ishtirok etmoqda!
O‘g‘il bolalar:
— 17 yoshgacha Elmirzaev Xondamir, Rustamov Begzod;
— 15 yoshgacha Ashikmamutov Saidxon;
— 13 yoshgacha Obidov Biloliddin;
— 11 yoshgacha Jumanazarov Ibrohim;
— 9 yoshgacha Nematillaxonov Nurmuhammad;
— 7 yoshgacha Hasanov Abdulaziz;
Qiz bolalar:
— 15 yoshgacha Imomkuzieva Nilufar;
— 13 yoshgacha Begmuratova Sarvinoz;
— 11 yoshgacha Norkulova Malika;
— 9 yoshgacha Asadova Madinabonu;
— 7 yoshgacha Azamxo‘jaeva Moxinur.
Turnir shveytsarcha tizim asosida 9 turdan iborat bo‘lib, har bir o‘yinchiga 90 daqiqa va har yurish uchun 30 soniyadan qo‘shimcha vaqt beriladi.
Fikrlar