
O‘zbekistonlik hujumchi faoliyatini jahonning eng kuchli ligasida davom ettiradi
Asli kelib chiqishi toshkentlik bo‘lgan xokkeychi Artur Kaliev Milliy xokkey ligasida ishtirok etuvchi "Los-Anjeles Kingz" jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
18 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum Ontario xokkey ligasida ishtirok etuvchi "Gamilton Buldogs" klubi safida 57 bahsda muzga chiqib, 44 ta shayba kirititishga va 54 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar