
O‘zbekistonlik hakamlar OChLda hakamlik qiladi
Hindistonning Goa shahrida tashkil etiladigan Osiyo chempionlar ligasi bahslarida faoliyat olib borish uchun o‘zbekistonlik nazoratchi va hakamlarni taklif etildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
FIFA referilari Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin “Persepolis”, “Ar-Rayyan”, “Goa” va “Al-Vahda” klublaridan iborat “E” guruhi uchrashuvlarini boshqaradi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik OFK instruktori Vladislav Tseytlin mazkur guruh o‘yinlarida uchrashuv nazoratchisi sifatida ishlaydi.
Fikrlar