
O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning strategiyasi ishlab chiqilmoqda
O‘zbekistonda futzal sport turining shu kunga qadar erishilgan natijalari bilan bir qatorda echimini kutayotgan tizimli muammolari kuzatilmoqda. Yaqinda O‘zbekiston futzal federatsiyasiga asos solindi. Ayni paytda yaqin va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
"Mazkur strategiyani amalga oshirish doirasida yangilanayotgan O‘zbekistonning jahon sport hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘-e’tiborini yanada oshirishga erishish Federatsiyaning mutloq ustuvor vazifasi bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati soha rivojiga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimiz, futbol va futzalimizning fidoyi murabbiylari va mutaxassislarining fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini eshitishga tayyor", - deya yozdi futzal matbuoti.
Fikrlar