
O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...
O‘zbekistonning yaqin o‘tmishdagi eng zo‘r futbolchilaridan biri, yurtimizdan tashqari Rossiya va Xitoy maydonlarida porlagan Odil Ahmedov ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ahmedov Rossiya nashrlariga bergan inervyusida mamlakatimizning iste’dodli yoshlari haqida ham gapirdi. U Abbosbek Fayzullaev Evropada o‘ynashiga umid qilayotganini yashirmadi.
— Bir yil muqaddam, “Ayntraxt” xo‘jayinlaridan biri Kozim Aripov O‘zbekistonning futboldagi eng katta muammosi o‘yinchilar Evropaga brorishni emas, Yaqin Sharqqa intilayotganini aytgandi. Siz bunga qo‘shilasizmi?
— Yo‘q. Agar futbolchiga Evropadan taklif bo‘lsa, u boradi.
— Nega unda Evropada o‘zbek futbolchilari kam?
— Ko‘p iste’dod egalari professional futbolga o‘tishda “yo‘qolib” qolyapti. Balki bunga ular uchun ko‘p pul talab qilinayotgani sababdir. Bizda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. Umid qilamanki, ular Evropaga boradi.
— Hozirdan kuzatish kerak bo‘lgan yosh futbolchilardan kimlar bor?
— Abbosbek Fayzullaev. TsSKA uning faoliyatidagi eng katta klub bo‘lib qolmasligini juda istayman. Abbosda yuqori saviyada o‘ynash va yanada o‘sish uchun kerakli sifat va intizom bor.
Shuningdek, “Lans”dagi Abduqodir Husanovni ham aytgan bo‘lardim. Boshqa futbolchilarimiz ham bor, hammasi ularning o‘ziga bog‘liq. Agar harakat qilishsa, hammasini uddalashadi.
Ta’kidlash joiz, Odil Ahmedov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2006-2011 yillarda “sherlar” sharafini himoya qilgan.
Yurtimizning eng mohir futbolchilaridan hisoblangan Ahmedov 2011 yili Rossiya premer-ligasiga yo‘l oldi. U legioner sifatida “Anji” va “Krasnodar” jamoalarida to‘p tepdi.
Ahmedov 2017 yili katta loyihalarni amalga oshirgan Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tdi. O‘sha yillar Xitoy klublari o‘z safiga Evropada nom qozongan mashhur futbolchilarni qo‘shib olgan edi.
Odil Braziliya terma jamoasi a’zolari – Xalk va Oskar bilan birga “Shanxay SIPG” jamoasini Xitoy chempioni aylantirdi. Keyinchalik “Tyantszin Teda” va “Tsanchjou Mayti Layons” jamoasi ham o‘ynadi.
Mashhur futbolchimiz klublar miqyosidagi faoliyatida 345 ta uchrashuvda 31 ta gol va 36 ta assist muallifi bo‘lgani qayd etilgan.
Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasida xalqaro miqyosda 108 marotaba o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qilgan.
Shomurodov mavqeini boy berdi, terma jamoamiz esa...
Husanovning “Lans”dagi debyut mavsumi qanday baholandi?
“Spartak”ga O‘zbekistondan futbolchi olishni aytishdi!
Fayzullaevning boshqalardan ustun tomoni aytildi
Arablar Shomurodovga e’tibor qaratdi...
Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi
Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!
Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!
Fikrlar