O‘zbekiston voleybol federatsiyasida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

  • 20 iyul, 2022, 11:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

Tecno

O‘rganishda, Federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar byudjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishgani aniqlandi.

Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun byudjetdan 445 mln. so‘m ajratilgan bo‘lsada, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln. so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchini turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln. so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida byudjetga etkazilgan zararning 120 mln. so‘mi qoplanishi ta’minlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!