O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasiga 2 ta avtomobil va zamonaviy “Wattbike” sovg‘a qilindi

CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda velotrek bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga etdi. 26 oktyabr kuni start olgan ushbu musobaqa davomida Respublikamizning eng sara trek ustalari bor mahoratlarini namoyish qilishdi.

Tecno

Ahamiyatlisi, bugun bo‘lib o‘tgan musobaqaning tantanali yopilish marosimi nafaqat sportchilar, balki O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi mutasaddilari uchun ham unutilmas tadbirga aylandi. Unda Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyaga biriktirilgan homiy “Asaka bank” ATBning mutasaddilari ham ishtirok etishdi. Tantanavor ruhda o‘tgan tadbirda federatsiyaga MOQ nomidan zamonaviy “Wattbike” (uy sharoitida mashg‘ulot uchun foydalaniladigan elektron velosiped) topshirilgan bo‘lsa, “Asaka bank” tomonidan 2 ta engil avtomobil “Nexia-3” va “Damas” sovg‘a qilindi. Ushbu engil avtomobillar sportchilarimizning mashg‘ulot jarayonida murabbiylarimizning ishini ancha engillashtirib, kerakli natijalarga erishishlarida xizmat qilishiga ishonamiz.

O‘z navbatida, federatsiya bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jaev tadbirda so‘z olib, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida sportga qaratilayotgan e’tibor, Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanayotgan federatsiyalarimiz hukumatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng musobaqalarning barcha yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!