O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

  • 27 oktabr, 2022, 22:38
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. Tomonlar ushbu uchrashuvni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb xabar berdi "Metaratings" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 20 noyabr, yakshanba kuni Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi mumkin.

Avvalroq, Rossiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi va ushbu o‘yin 19 noyabr kuni o‘tkazilishi e’lon qilingandi, ammo bosniyaliklar hali yakuniy qarorini ma’lum qilmagan. Agar O‘zbekistonga qarshi bahs rasman tasdiqlansa, Bosniya va Gertsegovina bilan uchrashuv bekor qilinadi. 

 Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi sanktsiyalar tufayli hozircha faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 17 noyabr kuni Qozog‘iston bilan "Paxtakor" stadionida o‘ynashi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
27/10/2022 22:59
Chimni nima aloqasi bor oʻyinga
&
Neftchi
27/10/2022 22:58
Vodiylik Qashqadaryo ha borami koʻrgani
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/10/2022 22:46
manimcha shu uyinni qarshiga utkazishsa kerak. har qalay uzbek fudbolini yozi Nasaf stadiyoni hamma jihatdan talabka javob bersa. butun Uzbekiston buylap chim etkazsa