
O‘zbekiston so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yuborib, musobaqani tark etdi
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Isroil bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz 0:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Isroil futbolchisi Anan Halalining 90+7-daqiqada urgan goli bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, vakillarimiz o‘z yurishini nimchorak finalning o‘zida tark etadigan bo‘ldi.
Fikrlar