O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gongkongni mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari bronza medallarini qo‘lga kiritdi!

  • 7 oktabr, 2023, 14:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlari doirasidagi 3-o‘rin uchun bo‘lgan O‘zbekiston - Gongkong bahsi yakunlandi va unda vakillarimiz yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning bronza medallariga ega chiqdi.

Tecno

Birinchi bo‘lim so‘ngida Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 49 va 59-daqiqalarda Husain Norchaev gol urib, dublni rasmiylashtirdi. 74-daqiqada esa Alibek Davronov ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Суюнов Шерзод
07/10/2023 17:39
Баракалла йигитлар!