
O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan eng yaxshi murabbiylardan biri yana terma jamoaga qaytdi
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi 5-14-fevral kunlari Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Rauf Inileev boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib boradi. Unga Bahrom Umarov va Ayder Kurbaev yordam beradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, turnir g‘olibligi uchun o‘nta terma jamoa kurash olib boradi. Vakillarimiz “B” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Belarus (U-16), Moldova, Bahrayn va Isroil jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Guruh g‘olibi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
“A” guruhi
Belarus (U-17)
Qozog‘iston
Ozarbayjon
Tojikiston
Eron
“B” guruhi
Belarus (U-16)
Moldova
Bahrayn
O‘zbekiston
Isroil
Fikrlar