
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Namanganda 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2022 yilda ko‘plab yirik musobaqalar va tadbirlar o‘tkazilishi, jamoalarimiz xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Bu borada to‘liq ma’lumot berish, yangi mavsumdagi rejalar bilan tanishtirish, terma jamoalarimiz faoliyatini sarhisob qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev o‘z taqdimotida O‘zbekiston MTJ rejasini taqdim etdi. Unga ko‘ra Srechko Katanets shogirdlari mart oyida Namanganda 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralashiga qadar 21-29 mart kunlari Uganda, Qirg‘iziston va Tojikiston terma jamoasi bilan bellashadi.
Fikrlar