
O‘zbekiston liga kubogi finalining sanasi va qaerda o‘tkazilishi ma’lum
O‘zbekiston liga kubogi finalining qachon va qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra final 4 dekabr, chorshanba kuni 16:00da "Bunyodkor" arenasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, finalda AGMK va "Paxtakor" kuch sinashadi.
Fikrlar