O‘zbekiston Kubogi. "Tsementchi"ga texnik mag‘lubiyat yozildi

  • 20 may, 13:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Kubogida guruh bosqichining oxirgi tur o‘yinlari davom ettiriladi. Birinchi liga vakili hisoblangan Quvasoyning "Tsementchi" jamoasiga texnik mag‘lubiyat yoziladigan bo‘ldi. Bu haqida O‘zPFL rasmiy xabar berdi.

Tecno

"O‘zbekiston Kubogi "A" guruhining 3-turiga kelib "Tsementchi" Nukusga bormasligini ma’lum qildi va jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi. 

Mazkur bellashuvdagi g‘alaba "Tsementchi"ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Shunga qaramay, jamoa rahbariyati yuqoridagi qarorni lozim deb topdi. 

Avvalroq "So‘g‘diyona" mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunlashi aniq bo‘lib ulgurgandi. Bu jizzaxliklarga nimchorak final bellashuvini "So‘g‘diyona" stadionida qabul qilish imkonini beradi. "Aral" esa guruhning ikkinchi jamoasi sifatida 1/8 finalni raqib maydonida o‘tkazadi", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!