
O‘zbekiston Kubogi. Qo‘qonda drama, Termizda gollar shousi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Hozirgina tur doirasidan o‘rin olgan ikkita bellashuv o‘z yakuniga etdi.
"Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qilib, 3:2 hisobidagi irodali g‘alabani tantana qildi. Dastlab, Sardor Abduraimov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Shohnazar Norbekov hisobni tenglashtirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Hamidullo Abduhamidov 68-daqiqada tarozi pallasini qo‘qonliklar tarafiga og‘dirdi. 77-daqiqada Sirojiddin Allaev yana muvozanatni tikladi. 87-daqiqada esa Abduhamidov dublni rasmiylashtirib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
"Surxon" - "Buxoro" bahsida dastavval, mehmonlar Davronbek Isoqovning dubli evaziga oldinga chiqib oldi. Tez orada, Nuriddin Hasanov va Jasur Xolto‘raevning gollari bilan hisob tenglashdi. Uchrashuv yakuniga qadar, Zohir Pirimov dubl qayd etdi va Xolto‘raev ham yana bir marotaba gol urib, "Surxon"ga yirik g‘alaba taqdim etdi.
Fikrlar