O‘zbekiston kubogi. Keyingi bosqichga qachon qur’a tashlanishi ma’lum

  • 22 aprel, 2022, 15:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha — 21 aprel kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi yakuniga etdi hamda 1/8 finalda to‘p suruvchi 16 jamoa nomiga oydinlik kiritildi. 

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur bosqich uchrashuvlarini 11-14 avgust sanalariga rejalashtirgan. 23-24 avgust kunlarida 1/4 final, 15-16 oktyabrda esa 1/2 final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Buxoro shahridagi final uchrashuvi 29 oktyabrga reja qilingan.

Har gal bo‘lgani kabi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida jonli efirga olib chiqiladi. 28 aprel — payshanba kuni soat 18:00da telekanal “Bizning futbol” dasturini efirga uzatadi. Mana shu loyiha fonida O‘zbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlariga qur’a tashlanadi.     

Ma’lumot uchun, 1/8 final qur’asi oldidan jamoalar 2 ta savatga ajratib olinadi va bir savatdagi raqiblar o‘zaro raqib bo‘lmaydi. 1-savatdan o‘tgan yilgi chempion hamda kubok sohibi, shuningdek, guruh bosqichi peshqadamlari joy olgan. Bellashuvlar qaysi jamoaning maydonida o‘tishi masalasiga qur’a yordamida aniqlik kiritib olinadi.

1 - 2 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!