
O‘zbekiston kubogi. "Aral" Toshkent klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"G" guruhi ishtirokchisi "Aral" bugun "Do‘stlik" Toshkentga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida yagona golni Sardor Asatillaev kiritgan bo‘lsa, qoraqalpog‘istonliklarning 4 goli Damir Nizanov, Zulpuqar Kuanishbaev, Shahzod Turopov va Timur Usmonov nomiga qayd etildi.
Fikrlar