O‘zbekiston boks federatsiyasi tizimida o‘zgarish

  • 7 fevral, 2022, 13:17
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston boks federatsiyasida xalqaro bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan Tillaboev Shohid Gapparjanovich federatsiyaning ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Sh.Tillaboev sport sohasida etarli tajribaga ega. Bungacha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida, shuningdek futbol klublarda turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2019 yildan buyon O‘zbekiston boks federatsiyasida mehnat qilib kelayotgan mutaxassis ayni paytda Xalqaro boks federatsiyasi musobaqalar o‘tkazish qo‘mitasi, shuningdek Osiyo boks konfederatsiyasida musobaqalar o‘tkazish komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/02/2022 16:07
Нима? Етарли тажрибага эга??? Огзини очиб, лавозимни эгаллаб утирган билан тажриба келиб колмайди! Бирон натижага эришган-ми?