O‘zbek qizlari merganlikda tengsiz

CHERY AUTO

Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish sport turi bo‘yicha Osiyo kubogining birinchi bosqich musobaqalari yakunlandi.

Tecno

Murosasiz bahslarda 23 ta davlat vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, sovrinli o‘rinlarni 16 mamlakat sportchilari qo‘lga kiritdi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham borligi e’tiborlidir.

Osiyo kubogining saralash bahslarida Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Yaponiya kabi kuchli jamoalarni mag‘lub etgan o‘zbekistonlik mergan qizlar jamoasi finalda Malayziya vakillari bilan ro‘baro‘ keldi.

Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva hamda Jasmina Nurmanovadan iborat merganlarimiz raqiblarini 5:3 hisobida dog‘da qoldirib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!