O‘zbek legioneri Premer-liga qahramoni! “Chelsi” futbolchisi qani?

  • 6 mart, 06:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasining birinchi turi yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzildi.

Tecno

Har bir uchrashuvda futbolchilarning harakatlarini baholab borishga ixtisoslashgan Sofascore tahliliy portali qo‘shni mamlakat chempionatining ilk turida “Turon” jamoasining o‘zbekistonlik legioneri Shahboz Umarovga eng yuqori bahoni berdi.

Tajribali hujumkor futbolchimiz “Okjetpes”ga qarshi o‘tgan uchrashuvda hisobni ochib, ikkinchi golga assistentlik qildi. Turkistonliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan legionerimizning o‘yini 9,6 ballga loyiq ko‘rildi.

Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislar amaldagi chempion – “Qayrat” safida chempionatdagi debyut uchrashuvidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Doston Satpaevning ramziy jamoaga kiritilmaganiga e’tibor qaratdi.

16 yoshli futbolchi yaqinda “Chelsi” bilan shartnoma tuzganidan keyin futbol jamoatchiligi diqqat-markaziga tushgan edi. Satpaev garchi “Chelsi” futbolchisi hisoblansada, 18 yoshga to‘lib, voyaga etgunicha “Qayrat”da o‘ynab turishi kelishilgan.

Umumiy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Ta’kidlash joizki, joriy mavsumda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Qozog‘iston Premer-ligasida Turkiston viloyatining “Turon” jamoasiga muxlislik qiladi.

Chunki bu jamoa o‘zbek futbol maktabining to‘rt nafar tarbiyalanuvchilari – Shahboz  Umarov, Odiljon Abdumajidov, Behruz Asqarov va Xurshid Muxtorovni o‘z safiga qo‘shib olgan.

Bu futbolchilar orasida Shahboz va Odiljon ilgari “Ordabasi” safida o‘ynagan va Qozog‘iston yuqori divizion talablari va darajasidan juda yaxshi xabardor. Tajribali Xurshid Muxtorov va yosh iste’dod egasi Behruz Asqarorv ilk bor xorij chempionatida o‘z omadini sinab ko‘rmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydigan Odiljon Abdumajidov turkistonlik safiga Bekobodning “Metallurg” jamoasidan kelib qo‘shilgan. 23 yoshli futbolchi O‘zbekistonda “Olimpik” va “Dinamo Samarqand” sharafini ham himoya qilgan.

31 yoshli Xurshidbek Muxtorov “Turon”ga Farg‘onaning “Neftchi” klubi bilan hamkorligi tugaganidan keyin erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. Bungacha O‘zbekistondan tashqariga chiqmagan tajribali himoyachi “Guliston”, “”Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona”, “Olmaliq”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Turon” kabi jamoalarda o‘ynagan.

21 yoshli Behruz Asqarov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Toshkentliklar iste’dodli hujumkor futbolchi o‘yin amaliyoti va tajribaga ega bo‘lishi uchun uni turkistonliklarga bir yilga ijaraga yubordi.

Shahboz Umarov esa, 2022 yilning yozidan beri Qozog‘iston chempionatida to‘p tepib kelmoqda. 25 yoshli qanot hujumchisi bungacha “Ordabasi”da o‘ynab, mamlakat chempioni va kubok sohibi bo‘ldi.

Shomurodov gol ursa bo‘ldi!

“Siti” himoyasi Husanov zimmasiga o‘tdi
“Fayzullaevni qiynagan bosh murabbiy hali ishdan olinadi!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!