"O‘zbek klasikosi" yoxud "Neftchi" vodiyda "Paxtakor"ga qarshi saf tortadi (prevyu)

  • 11 avgust, 2022, 19:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 15-turida muxlislar "o‘zbek klasikosi"ga guvoh bo‘lishadi.

Tecno

Chempionatlarimizdagi eng jiddiy qarama-qarshilik sanalgan "Neftchi" va "Paxtakor" to‘qnashuvi Yaypanda bo‘lib o‘tadi. Har ikki klub o‘zaro o‘yinlarda bir-biridan eng ko‘p ochko tortib olgani ham jamoalarning o‘zaro o‘yinga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rsatadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 55 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 26 g‘alaba, 9 durang va 20 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 92 to‘p kiritgan "sherlar" 67 to‘p o‘tkazib yuborgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 15 tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 5 bahsda "Paxtakor" g‘alaba qozongan. Etti o‘yin durang bilan tugagan. Poytaxtliklar 10 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni 3 tani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazgan va "Paxtakor" ularning 12 tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda farg‘onaliklarning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda Toshkent klubi muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 12 avgust kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

 

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!