O‘zbek hujumchisi bunday o‘ynashida Evropaning kuchli chempionatlariga ketadi!

  • 19 aprel, 2022, 23:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatida Minskning  “Energetik-BGU” sharafini himoya qilayotgan Bobur Abduxoliqovning o‘yini ushbu mamlakat futbol jamoatchiligiga juda manzur bo‘lmoqda. Oliy liganing dastlabki to‘rt turida legionerimiz o‘z hisobiga beshta gol yozdirdi va ikkita assistni amalga oshirdi. Musobaqada ishtirok etayotgan futbolchilar orasida Bobur gol+pas tizimida 5+2 natijasi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tecno

Bobur gol urgan o‘yinlarda jamoasi faqat g‘alaba qozonmoqda. Xususan, minsklik talabalar “Vitebsk”, “Torpedo-BelAZ” va “Dinamo-Brest” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Bobur dastlabki ikki uchrashuvda ikkitadan, oxirgi o‘yinda bitta to‘p  kiritdi. U o‘z nomini tabloga yozdirolmagan bahsda “Energetik-BGU” futbolchilari “Slutsk” vakillari bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.

Shunga qaramay, “Energetik-BGU” 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

222222

Bobur Abduxoliqov namoyish qilayotgan o‘yin fubolga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari nigohidan chetda qolayotgani yo‘q.

Rossiyaning verybet.ru sayti Abduxoliqovga shunday baho berdi:

“Energetik-BGU” hujumchisi Bobur Abduxoliqov “Dinamo-Brest” bilan bo‘lgan to‘rtinchi turning muhim uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Belarus oliy ligasi to‘purarlari poygasidagi etakchiligini mustahkamlab oldi.

“Talabalar” forvardi hisobidagi gollar soni beshtaga etdi. Bobur to‘rtta uchrashuvda ikkita assist ham qayd etgan. Gollar kam uriladigan Belarus chempionatida o‘zbek hujumchisining ko‘rsatkichi shunchaki ajoyibot hisoblanadi. U to‘purarlar  poygasida eng yaqin ta’qibchilarini ikkita to‘pga ortda qoldirmoqda.

Agar o‘zbek legioneri o‘zi qo‘ygan yuqori marrani ushlab qola olsa, u nafaqat Belarus oliy ligasining top-klublari, balki Evropaning kuchli ligalari jamoalarining ham e’tiborini qozona oladi.

Yaxshi bilamizki, Bobur Abduxoliqov Qarshining “Nasaf” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 24 yoshli huujmchi 2015-2020 yillar davomida qarshiliklar safida jami 112 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol muallifi bo‘lgan.

Bobur o‘tgan yilning boshida katta umidlar bilan Ukrainaga yo‘l olib, “Rux” klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Ilk marotaba legioner maqomini olgan hamyurtimiz Lvov jamoasi o‘rinbosarlar tarkibida bir necha gol urib, o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi unga birinchi jamoadan joy bermadi.

Vaqtni boy berishni istamagan Abduxoliqov ukrainaliklar bilan kelishuvni bekor qilib, yurtimizga qaytib keldi. O‘tgan yilning yozida hujumchi bir necha takliflar orasida “Energetik-BGU” chorlovini qabul qildi.

Bobur Belarusdagi dastlabki yarim mavsum davomida 14 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ydi. Bu yildan e’tiboran, legionerimiz yangi ligaga to‘liq moslashib olganini namoyish qilmoqda.

O‘tgan mavsumni autsayderlar qatorida yakunlagan “Energetik-BGU” jamoasi aynan Bobur Abduxoliqovning harakatlari va gollari evaziga musobaqa jadvalining yuqori qismiga ko‘tarilib oldi.

V8LceK15680456476364_l_1

Bobur Abduxoliqov markaziy forvard ampluasidan tashqari, har ikki qanot hujumchisi sifatida ham o‘ynay oladi. Bu hujumchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o‘yinchilardan hisoblanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Rossiya premer-ligasi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi!

Mourinoni endi tushunib etdim!

Shomurodovni kutyapmiz!

“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?

“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!