
O‘zbek do‘ppisi bu safar kimga nasib etdi? (Video)
Kecha Toshkentning "Humo" jamoasi Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogi doirasida Sankt-Peterburgning "SKA-Neva" klubini qabul qildi va 4:2 hisobida zafar quchdi.
Mazkur bellashuvda raqibning xavfli zarbalarini bartaraf etib, "Humo"ning g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shgan darvozabon Dmitriy Lozebnikov kechagi uchrashuvning eng yaxshi xokkeychisi bo‘ldi va o‘zbek do‘ppisini qo‘lga kiritdi.
U ushbu do‘ppini Artyom Voronindan qabul qilib oldi. Eslatib o‘tamiz, "Humo" jamoasida o‘ziga xos an’ana mavjud. Unga ko‘ra, o‘yin davomida o‘zini ko‘rsatgan xokkeychiga o‘zbek do‘ppisi topshiriladi.
Fikrlar