
O‘zbek bokschisi ishtirokidagi to‘qnashuv yil jangi bo‘ldi!
Xabar berganimizdek, nufuzli The Ring jurnali bir nechta nominatsiya bo‘yicha 2024 yilning eng yaxshilarini aniqladi.
E’tiborlisi, yarimengil vazn toifasidagi bokschimiz Otabek Xolmatovning WBA kamari uchun amerikalik Raymond Fordga qarshi o‘tkazgan bahsi yilning eng yaxshi jangi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Yodingizda bo‘lsa, o‘sha jangda Ford hamyurtimizni 12-raundning so‘nggi soniyalarida texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Alam qiladigan holat shundaki, referi tomonidan jang to‘xtatilguniga qadar Xolmatov ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda bo‘lgandi...
Fikrlar