
Oston O‘runov bilan bog‘liq xushxabar!
Rossiya Premer-ligasida harakat qilayotgan legionerimiz Oston O‘runov jarohat olgani haqida xabar bergan edik.
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizovning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi jarohatidan forig‘ bo‘lgan. u o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘i singanligi tufayli o‘yinlarda qatnasha olmayotgandi. Shu bois, Oston sobiq klubi "Spartak" bilan o‘yinni o‘tkazib yubordi.
"U bugun umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi",-dedi Gazizov. Shuningdek, direktor yakuniy qaror marubbiy tomonidan qabul qilinishini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘runov boshqirdistonliklar tarkibida umumiy 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist muallifiga aylangan.
Fikrlar