
O‘smir bokschilarimiz Osiyo chempionatida ajoyib natijalarni qayd etmoqda
Fujayra shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz o‘z muvaffaqiyatini davom ettirmoqda.
Kecha, kun davomida quyidagi natijalar qayd etildi:
(O‘g‘il bolalar)
-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov - Muhammad Usait (Suriya) (Shahobiddinov 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)
-50 kg: Anvar Boltaboev - Amirmuhsin Orjalizoda (Eron) 3:2
-52 kg: G‘ofurjon Tohirov - Raban Ali Xan (Nepal) 5:0
-57 kg: Bilolbek Ixvolov - Yusuf Sarvari (Afg‘oniston) 5:0
-66 kg: Aloxon Abdullaev - Muda Lani Raja (Hindiston) (Abdullaev 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi)
-70 kg: Login Petrov - Raximjan Shanjarxan (Qozog‘iston) 5:0
-80 kg: Abdulla Almamatov - Xalit Aliev (Qirg‘iziston) 2:3
+80 kg: Jahongir Zokirov - Vishal Gupta (Hindiston) 5:0
(Qizlar)
-46 kg: Mohlaroyim Savriddinova - Mungunzul Tuul (Mo‘g‘uliston) 5:0
-48 kg: Sabina Boboqulova - Kavumini Sevandi (Suriya) (Boboqulova 2-raundda raqibini nokaut qildi)
-50 kg: Feruza Kazakova - Kavinddiya Kulatunga (Suriya) (Kazakova 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)
-52 kg: Nigina O‘ktamova - Bibinashastamo Xolova (Tojikiston) 5:0
-66 kg: Anoraxon Melieva - Yuxang Li (Xitoy) (Li 1-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi)
-80 kg: Saboxat Husanova - Kaur Sandu (Hindiston) 0:5
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar