
Osiyoning yana bir termasidan muvaffaqiyatli natija! Urugvay Janubiy Koreya darvozasiga yo‘l topa olmadi
JCh-2022 1-turidan o‘rin olgan Urugvay - Janubiy Koreya bahsi yakuniga etdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bellashuv davomida har ikki jamoa ko‘plab hujumlar uyushtirdi, ammo ular gol urishning uddasidan chiqmadi.
Shu tariqa, jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi.
Fikrlar